Ushbu maqolada ekologik ta’limning mukammal tizimini ishlab chiqish va ta’lim tizimiga joriy etish, tabiatga yetadigan antropogen ta’sirni kamaytirish, ekologik ta’limning asosiy negizlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga oid tushunchalarni kreativ yondashuv asosida takomillashtirishga asosiy e’tibor atrof-muhit muhofazasi, tabiatdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, atrof muhitni yaxshilashga qaratilgan texnologiyalar, ekologik tushunchalarga asoslangan manbalar, ma’naviy qadriyatlar, madaniy meroslar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar orqali ekologik tarbiya elementlarining shakllantirilishi kabi malumotlar bayon qilingan.